The Sun xabariga ko'ra, «Bryugge»ning yunonistonlik vingeri Kristos Tsolis «Arsenal»ga o'tishga yaqinlashmoqda. Transfer summasi taxminan 41 million yevroni tashkil qilishi mumkin.
«Kanonirlar» Leandro Trossar sotib yuborilganidan so'ng hujum chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan va avvalroq «Norvich» safida to'p surib, Premer-ligada tajriba orttirgan futbolchiga e'tibor qaratgan. Ushbu o'yinchiga «Roma» ham qiziqish bildirgan edi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!