Kloppning maoshi Nagelsmannnikidan biroz ko'proq bo'ladi
Die Bayern ↗ ●●●●○ Transfer 👁 27

Kloppning maoshi Nagelsmannnikidan biroz ko'proq bo'ladi

🚨DFB (Germaniya futbol ittifoqi) prezidenti Bernd Noyendorf va vitse-prezident Xans-Yoaxim Vatske Yurgen Kloppni Germaniya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlash bo‘yicha kelishuvni yakunlash uchun dam olish kunlari Nyu-Yorkka uchib ketishadi

📊 Kelishuv tafsilotlari:

🔴 Shartnoma muddati: 2030-yilgi jahon chempionatini o‘z ichiga olgan holda 2030-yilgacha mo‘ljallangan 4 yillik shartnoma
🔴 Maosh: Klopp Nagelsmann (uning yillik maoshi 7 mln yevroni tashkil etadi) oladiganidan biroz ko‘proq maosh oladi
🔴 Murabbiylar shtabi: Kloppning ko‘p yillik yordamchilari Peter Kravits va Pepeyn Leynders deyarli aniq uning shtabidan o‘rin olishadi. So‘nggi kunlarda Kloppga boshqa potensial yordamchilardan ham ko‘plab takliflar kelib tushgan
🔴 Kompensatsiya: DFB shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun Red Bull'ga kompensatsiya to‘lamaydi. Buning o‘rniga Klopp Red Bull brendi elchisi bo‘lib qoladi, bu kompaniya uchun bir martalik millionlik kompensatsiyadan ko‘ra qimmatliroqdir


📰 BILD

 

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!