Kevin De Bryuyne terma jamoadagi kelajagi haqida gapirdi
Forza Napoli ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 24

Kevin De Bryuyne terma jamoadagi kelajagi haqida gapirdi

Belgiya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng Kevin De Bryuyne o'z chiqishlari va kelajagi haqida fikr bildirdi:

Jahon chempionatidagi o'yinimni qanday baholayman? Maydonga tushganimdan faxrlanaman. Hamma mendan doimo samarali o'yin kutishini bilaman. Ammo ortda qiyin ikki-uch yil qoldi, jiddiy jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdim. Hozir 35 yoshdaman. Shu yerda ekanligimdan, har kuni bor kuchimni berayotganimdan va ushbu yosh jamoa uchun namuna bo'layotganimdan faxrlanaman.
Terma jamoadagi so'nggi o'yinimmi? Unday deb o'ylamayman. Ammo menga biroz tanaffus qilishga ruxsat bering. Bu juda tig'iz yil bo'ldi, keyin ko'ramiz.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!