Kerim Alaybegovich: «Yuventus»da o'ynashdan baxtliman»
Черным по белому ↗ ●●●●● Matbuot 👁 4

Kerim Alaybegovich: «Yuventus»da o'ynashdan baxtliman»

🗣 Kerim Alaybegovich:

Italiya futbolidan nimalarni kutayapman? Italiyaga qarshi o'yin haqiqatan ham yaxshi bahs bo'ldi, yakunda g'alaba qozonganimizdan xursandman, ammo bu juda qiyin o'yin edi, raqib ham juda yaxshi harakat qildi. Men A Seriya va Italiya futboliga tayyorman. Italiyaning eng buyuk klubida o'ynar ekansiz, o'zingizni baxtli his qilishingiz va yaxshiroq bo'lish uchun tinimsiz mehnat qilishingiz kerak.
Shaxsiy maqsadlarim? Men juda tez moslashib, maydonga tushishni, o'z sifatlarimni ko'rsatishni, jamoa bilan birga o'ynashni va yangi jamoadoshlarim bilan tanishishni istayman. O'yinlar boshlanishini va qora-oq libosda ilk daqiqalarimni o'tkazishni sabrsizlik bilan kutayapman.
Germaniyada futbol o'ynab o'sgan o'sha bolakayga nima degan bo'lardim? Unga o'ziga ishonish kerakligini aytardim, chunki u ko'plab maqsadlarga erisha oladi.
Muxlislarga xabarim? «Yuventus» muxlislariga salom, ismim Kerim Alaybegovich va men boshlashga tayyorman. Sizlarni «Alyans Stedium»da ko'rishni va yaxshi futbolchi ekanligimni isbotlashni kutib qolaman. Fino alla Juve, Forza Juve!
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!