«Kastilya» yarimhimoyachisi Pitarch jarohat oldi
ZZoneRM ↗ ●●●●● Umumiy 👁 14

«Kastilya» yarimhimoyachisi Pitarch jarohat oldi

📻 Cope xabariga ko'ra, «Kastilya» yarimhimoyachisi Pitarch tizzasidagi jarohat sababli 6 haftaga safdan chiqdi.

18 yoshli futbolchi ta'tildan qaytgach, asosiy jamoa bilan o'tkazilgan ilk mashg'ulotda jarohat olgan.

Eslatib o'tamiz, Pitarch yozda bor-yo'g'i 16 kun dam olgan. U mavsum yakunida «Real»ning asosiy jamoasi bilan ishlagach, farm-klub safida to'p surdi, so'ngra Ispaniya U-19 terma jamoasi bilan yoshlar o'rtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etib, iyul oyi o'rtalarigacha maydonda bo'ldi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!