🐉 Kardozu Varela
17 yoshli hujumchi Kardozu Varela "Portu" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u "ajdaholar" safiga tekinga qaytdi. Futbolchi klub bilan 2029-yilning 30-iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. U dastlab "Portu B" jamoasi bilan ishlaydi. Portugaliyalik futbolchining shartnomasida tovon puli 50 million yevro etib belgilangan.
Kardozu Varela 14 yoshida "ajdaholar" akademiyasiga kelib qo'shilgandi, ammo 2023/24-yilgi mavsumdan so'ng Xorvatiyaga yo'l olib, Zagrebning "Dinamo" klubi bilan shartnoma imzolagan. U dastlabki yili U-19 jamoasi safida atigi to'rtta o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, ikkinchi yili asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. U xorvatiyaliklar safida ikkita gol urib (ulardan biri UEFA Yevropa ligasida), uchta golli uzatmani amalga oshirdi va jamoasining chempionat hamda Xorvatiya kubogidagi g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi.
Zagrebning "Dinamo" klubi futbolchining kelgusi transferidan 50 foiz ulush olish huquqini saqlab qolgan. Biroq, "Portu" 2 million yevro evaziga tovon puli opsiyasidan foydalansa, bu ulushni 25 foizga tushirishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!