Kanselu "Barselona"ga o'tishni istamoqda
Barca Family News ↗ ●●●●○ Transfer 👁 15

Kanselu "Barselona"ga o'tishni istamoqda

Serji Sole xabariga ko'ra, "Barselona"da Kanselu transferi bilan bog'liq soliq masalalari Angliyadagi mavsumoldi yig'ini boshlanguniga qadar hal bo'lishiga ishonch yo'q.

Portugaliyalik futbolchining ikki haftalik ta'tili bor, ammo u mavsumoldi tayyorgarlikni "Al-Hilol" safida boshlashi ehtimoli yuqori.

Kanselu xotirjam, chunki uning yagona istagi — "Barselona" safida to'p surish. Kelajakdagi shartnomasi shartlari kelishib olingan, endilikda faqat soliq bilan bog'liq bir nechta masalalarni hal qilish qoldi. "Barsa"ning ilk rasmiy o'yini 23-avgustga belgilangani bois, vaqt hali bor.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!