Jurnalist Kazemironi bitta savol bilan yig'latdi
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●● Umumiy 👁 32

Jurnalist Kazemironi bitta savol bilan yig'latdi

😢 Norvegiya bilan o‘yindan keyin birgina savol Kazemironi yig‘lashga majbur qildi. Jurnalist qiz gapni futbolchilar va oddiy braziliyalik bolalar hayoti o‘rtasidagi farqdan boshladi. O‘yinchilar uchun turnir tugadi, hayot davom etaveradi. Bir-ikki oyda mag‘lubiyat alamini unuta olishadi va hammasi yana o‘z iziga tushib ketadi.

Lekin Braziliyadagi bolakaylarda tiklanish uchun bunaqa oylar yo‘q. Ularning ko‘pi — xuddi yoshligida Ronaldo va Rivaldo avlodining mag‘lubiyatini tomosha qilgan Kazemiro yoki Vinisius kabi — terma jamoaning chiqib ketishini orzu va umidlarining yakuni deb qabul qiladi. Savol esa shunday bo‘ldi:

— Bu bolalar o‘z orzulariga ishonishdan to‘xtab qolmasligi uchun hozir ularga nima degan bo‘lardingiz? Axir siz ham o‘z vaqtida ishonishdan to‘xtamagansiz va aynan shu sabab bugun shu yerdasiz. Bu mag‘lubiyat esa ularning kelajakdagi g‘alabasining bir qismi bo‘lishi aniq.

Jurnalist Kazemironing ko‘z yoshlarini ko‘rib, gapira olmayotganini bilgach, uni qo‘llab-quvvatlashga urindi:

— Bilaman, bu juda og‘ir, lekin baribir nimadir deng — ular hozir sizga qarab turishibdi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!