Joze Mourinyo: «Real Madrid»ga ishlash uchun emas, uning manfaati yo'lida qaytdim
ZZoneRM ↗ ●●●●● Matbuot 👁 30

Joze Mourinyo: «Real Madrid»ga ishlash uchun emas, uning manfaati yo'lida qaytdim

«Real Madrid»ning yangi bosh murabbiyi klub matbuot xizmatiga bergan ilk intervyusida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Real Madrid»ga qaytganimdan keyingi his-tuyg'ularimni so'z bilan ta'riflash qiyin, chunki bu men uchun o'ziga xos missiya. Gap men haqimda yoki jamoa boshqaruvida nechta sovrin yutishim haqida ketmayapti. Men klubga barchaga: futbolchilarga, murabbiylar shtabiga va «Madrid»ning boshqa barcha xodimlariga yaxshiroq bo'lishga yordam berish uchun qaytdim. Biz mehnat madaniyati, mas'uliyat, ambitsiya va men uchun juda muhim bo'lgan «Madrid» manfaati yo'lida ishlash sharafini shakllantirishimiz kerak. Menga ushbu g'oya juda yoqadi: shunchaki «Madrid»da ishlash emas, balki «Madrid» uchun ishlash. Aynan shu missiya hissi bilan klubga qaytdim».
«Madrid»ga qaytganimdan keyingi ilk ish kunlari? Biz juda ko'p ishlayapmiz. Hammasi bugundan boshlangani yo'q. Biz rahbariyat bilan turli jihatlar bo'yicha uzoq vaqtdan beri katta ish olib boryapmiz. Bugungi texnologiyalar masofadan turib ham ishlashga imkon beradi, shuning uchun Valdebebas bazasiga tashrifim – amalga oshirgan ishlarimizni va hali qilinishi kerak bo'lgan vazifalarni tekshirib olish uchun qulay imkoniyatdir».
«Mavsumoldi tayyorgarlik? Kelgusi ikki haftadan ijobiy foydalanishimiz kerak. Albatta, «Madrid»ning barcha futbolchilari ixtiyorimda bo'lishini istardim. Ammo ularning yo'qligiga ijobiy qarayman – bu menga yaqin vaqt ichida ishlaydigan futbolchilarim bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Mavsumoldi yig'inlari davomida ularning ko'pchiligi asosiy jamoa bilan shug'ullanadi, yoshlarning rivojlanishida ishtirok etish menga yoqadi. Ba'zilarimiz «Madrid» bilan mavsumoldi tayyorgarligini boshlashga tayyormiz, Jahon chempionatida qatnashayotganlar esa bizga keyinroq qo'shilishadi. Men muvaffaqiyatga to'liq ishonaman va «Real Madrid»ni chin dildan yaxshi ko'raman. Hala Madrid Y Nada Mas».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!