Jon Stounz o'zining yangi klubi «Inter» muxlislari va jamoasi haqida fikr bildirdi:
Menimcha, yaxshi jamoadosh bo'la olish g'olib jamoani shakllantirishdagi eng muhim jihatlardan biri. Hammasi ham silliq ketavermaydi, lekin atrofingdagilarga muvaffaqiyatga erishishda yordam berishing muhim, chunki hech kim yolg'iz g'alaba qozona olmaydi. Maydonda va undan tashqarida birga o'tkazgan lahzalarimni qadrlayman. Aynan shunday qilib mustahkam bog'liqlik yaratiladi. Men baxtliman va yangi do'stliklar orttirish imkoniyatiga ega bo'lganimdan xursandman, bu lahzani intiqlik bilan kutyapman.
Barcha muxlislar bilan uchrashuvni, iloji boricha ko'proq insonlar bilan tanishishni, oldingizda to'p surishni va umid qilamanki, bu ajoyib xotiralarni birga baham ko'rishni intiqlik bilan kutyapman. Buni uddalay olishimizga ishonchim komil. Uchrashuvimizdan avval ham qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildirmoqchiman, chunki bu klubni va bu futbolchilarni qanchalik sevishingizni bilaman. Sizlarga va'da beramanki, bu libosni g'urur bilan kiyaman hamda klub va jamoadoshlarim uchun bor kuchimni beraman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!