Braziliya manbalariga ko'ra, Liverpul va Manchester Yunayted klublari Vulverxempton yarim himoyachisi Joau Gomesga qiziqish bildirmoqda. Futbolchining Ispaniyaga o'tishi barbod bo'lganidan so'ng, ingliz klublari vaziyatdan foydalanib qolishmoqchi.
Gomesning Atletikoga transferi amalga oshmay qoldi. Bunga Madrid klubi va agent Jorje Mendesh o'rtasidagi munosabatlarning yomonlashgani sabab bo'lgan. Natijada, ispanlar Sportingdan Morten Yulmanni tarkibga qo'shib olishdi.
Hozirda ham Liverpul, ham Manchester Yunayted Mendesh va Vulverxempton bilan bog'lanib, mumkin bo'lgan transfer shartlarini muhokama qilishmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!