Jhon Duran «Benfika»ga o'tganidan so'ng o'zining dastlabki fikrlarini bildirib o'tdi:
«Bu yerda bo'lishdan juda katta umidlarim bor. Men yaxshi o'yin ko'rsatib, bor kuchimni berishni va chempion bo'lishni istayman. Men mehnat qilib, jamoaga yordam berishni xohlayman. Har doim qo'limdan kelganini qilishga harakat qilaman, lekin buning uchun tinimsiz ishlash kerak. Bor imkoniyatim bilan hissa qo'shmoqchiman. «Da Luz»? Juda ajoyib muhit. Bu men faoliyatim davomida o'ynagan eng chiroyli stadionlardan biri. Bu yerda maydonga tusha olishimdan juda xursandman. Muxlislarga qo'llab-quvvatlaganlari va Instagram'da yozgan xabarlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Ularga maydonda javob qaytarishni istayman. Ular menga yuborgan muhabbatga munosib bo'lish uchun astoydil mehnat qilaman».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!