Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Lids» «Man Siti» bilan 23 yoshli angliyalik darvozabon Jeyms Trafford transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Kelishuv qiymati 46,8 million yevro (40 million funt) va bonuslarni tashkil etadi.
Moliya jihatdan tahlil qiladigan bo'lsak:
● Trafford – «Siti» tarbiyalanuvchisi, uni 2025-yil yozida «Bernli»dan 31,2 million yevro evaziga qaytarib sotib olishgandi. Bir yil davomida 6,2 million yevro amortizatsiya qilindi, balans qoldig'i – 25 million yevro.
● Hozir «Siti» sof foydaga 21,8 million yevroni yozadi, bonuslar esa faollashganda qo'shiladi. Maoshlar fondidan 5,7 million yevro (bonuslar bilan) chiqarib tashlanadi. Jami yillik xarajatlardagi tejamkorlik 11,9 million yevroni tashkil etadi.
● «Lids» uchun xarid besh yilga amortizatsiya bilan yiliga 9,36 million yevroga tushadi, bunga maosh ham qo'shiladi.
Yaxshi kelishuv. «Siti» o'z tarbiyalanuvchisidan ikki marta pul ishlashga muvaffaq bo'ldi – buxgalteriya bo'yicha umumiy foyda 39,1 million yevroni tashkil etdi. Zaxira darvozabonining transferi Anderson uchun yillik xarajatlarning uchdan ikki qismini qoplashga yordam beradi. «Lids» esa Melye («Arsenal»ga) va Darlou («MYu»ga) ketganidan so'ng, darvozabon pozitsiyasini Angliya terma jamoasi a'zosi bo'lgan 23 yoshli futbolchi bilan yopmoqda. Bu kelajak uchun birinchi raqamli darvozabon yo'lida qilingan rekord darajadagi xarajat.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!