Jeymi Gittens: «Chelsi»dagi maqsadlarim va Alonso haqida»
Breakeven’s | Челси ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 10

Jeymi Gittens: «Chelsi»dagi maqsadlarim va Alonso haqida»

The Athletic va Daily Mail nashrlariga intervyu bergan Jeymi Gittens jarohatdan tiklanish jarayoni hamda kelajagi haqida gapirdi.

Jarohatdan tiklanish haqida:

«Hozir o‘zimni ancha yaxshi va ishonchli his qilyapman. Taxminan 92 foizga tayyorman. Tanam joyida. Son qismi bilan ham muammolar yo‘q, shuning uchun mavsum boshlanishini kutyapman. Ta’til davomida har kuni shug‘ullandim. Yangi mavsumga to‘liq tayyor bo‘lish uchun bor kuchimni ishga soldim».

«Chelsi»dagi kelajagi haqida:

«Chelsi»da o‘z oldimga bir nechta shaxsiy maqsadlar qo‘ydim, lekin ularni o‘zimda saqlab qolaman. Ularni qog‘ozga yozib qo‘yganman. Qolishim borasida kafolat berishdimi? Ha».

Alonso haqida:

«U juda yaxshi inson. Har bir futbolchi bilan alohida gaplashadi, nimani yaxshilash kerakligini tushuntiradi. Futbolchi sifatida aynan shuni xohlaysan. Unda o‘ziga xos aura bormi? Ha, biroz. Chunki u avvallari ajoyib futbolchi bo‘lgan, endi esa top-murabbiyga aylandi. U mendan jasorat bilan o‘ynashimni, raqiblarni aldab o‘tishimni, vaziyatlar yaratishimni va doim bor kuchimni berishimni xohlaydi. Uning o‘yin uslubi menga ko‘proq mos keladi. O‘tgan mavsumda uning jamoasi ham ikki qanot hujumchisi bilan 4-3-3 sxemasida o‘ynadi, bu har doim yaxshi. Ko‘ramiz, nima bo‘lar ekan. Uning o‘zi jahon darajasidagi futbolchi bo‘lgan, shuning uchun biz uchun bundan yaxshisi yo‘q – u bizga ko‘p narsani o‘rgata oladi. Uning «Bayer»iga qarshi o‘ynash juda qiyin edi. Ular uchta markaziy himoyachi bilan o‘ynashdi. Ularda Florian Virts, Jeremi Frimpong, Pyero Inkapye, Granit Jaka bor edi. Bu jiddiy jamoa edi».

Mavsumdagi maqsadlar haqida:

«Biz hammasini yutmoqchimiz. Ambitsiyalarimiz shunday – APL, Angliya kubogi va ishtirok etayotgan barcha turnirlarda g‘olib chiqish. Morgan Rojers kabi futbolchining kelishi darajani oshirishi va sovrinlar uchun kurashishimizga yordam berishi kerak».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!