Jeymi Gittens: «Chelsi» bilan sovrinlar yutishni maqsad qilganman»
Гордость Лондона ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 9

Jeymi Gittens: «Chelsi» bilan sovrinlar yutishni maqsad qilganman»

Jeymi Gittens «Chelsi»ning chempionlik ambitsiyalari, Morgan Rojersning transferi va Xabi Alonso haqida fikr bildirdi:

Hozir o'zimni ancha yaxshi va ishonchli his qilyapman. Jismoniy holatim to'liq tiklandi. Son mushaklarim bilan bog'liq muammolar ortda qoldi, endi mavsum boshlanishini kutyapman.
Ta'til vaqtida har kuni shug'ullandim — Portugaliya va Marbelyada. Mavsumga eng yaxshi holatda tayyorlanish uchun bor kuchimni ishga soldim.
O'tgan mavsum og'ir kechdi, chunki bu mening ilk mushak jarohatim edi. Avvallari son mushaklarim bilan hech qachon muammoga duch kelmagandim. Boshida qiyin bo'ldi, lekin hozir ahvolim yaxshi.

«Chelsi»dagi maqsadlari haqida:

Bu ulkan klub. Men bu yerda muvaffaqiyat qozonishni istayman. Odamlarga nimalarga qodirligimni ko'rsatib qo'yishim kerak. Mehnat qilishda davom etaman. O'yinimda ayrim ijobiy jihatlar ko'rina boshladi, bu mavsum men uchun omadli kelishiga ishonaman.
«Chelsi»da o'z oldimga qo'ygan shaxsiy maqsadlarim bor. Lekin ularni o'zimda saqlab qolaman. Ularni qog'ozga yozib qo'yganman. Men faqat o'z ustimda ishlayapman. Boshqalar haqida o'ylamayman. Shunchaki o'z o'yinimga e'tibor qaratib, yaxshiroq bo'lishga harakat qilyapman.

Xabi Alonso haqida:

U menga ijobiy kayfiyatda qolishni, ko'proq dribling ishlatishni, vaziyatlar yaratishni va bor kuchimni berishni aytadi. U juda yaxshi inson. Har bir futbolchi bilan alohida gaplashib, nimalarni yaxshilash kerakligini tushuntiradi. Har qanday futbolchi aynan shuni kutadi.
Unda aura bormi? Ha, biroz bor. Baribir u ajoyib futbolchi bo'lgan, endi esa top-murabbiyga aylandi. O'ylashimcha, uning o'yin uslubi menga ko'proq mos keladi. O'tgan mavsumda ham ikki qanot vingeri bilan 4-3-3 sxemasi ishlatilgandi, bu har doim yaxshi. Ko'ramiz, hammasi qanday kechadi.
U jahon darajasidagi futbolchi bo'lgan. U o'z tajribasini bizga o'rgata olishi katta plyus. U «Real», «Liverpul» safida o'ynagan, dunyo darajasidagi yarim himoyachi edi. Balki, bu pozitsiyada o'ynagan eng yaxshi futbolchilardan biri.

«Borussiya Dortmund»ning Xabi Alonsoning «Bayer»iga qarshi o'yinlari haqida:

Ularga qarshi o'ynash juda qiyin edi. Ularning tizimi... uch himoyachi. Ularda Florian Virts, Jeremi Frimpong, Pyero Inkape va Granit Jaka bor edi. Bu haqiqiy jamoa edi.

«Chelsi»ning bu mavsumdagi imkoniyatlari haqida:

Hamma juda ijobiy kayfiyatda. Biz yangi mavsumni intiqlik bilan kutyapmiz, yaxshiroq bo'lishni va muvaffaqiyatga erishishni istaymiz.
Biz hamma narsani yutmoqchimiz. Ambitsiyalarimiz shunday — Premer-liga, Angliya kubogi va umuman ishtirok etayotgan har qanday turnirda g'alaba qozonish. Morgan kabi futbolchining kelishi sovrinlar uchun kurashda darajani ko'taradi.
Chempionlik uchun «Arsenal» bilan raqobatlashish uchun bizda barcha imkoniyatlar bor. Maydonda mo'jiza ko'rsata oladigan futbolchilarimiz bor, faqat bu sa'y-harakatlarni birlashtirishimiz kerak.
Biz har kuni o'z ustimizda ishlashimiz mumkin. Haftasiga bitta o'yin o'tkazish ruhiy jihatdan oson emas — har doim ko'proq o'ynashni xohlaysiz, lekin o'ylashimcha, bizni yaxshi mavsum kutib turibdi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!