The Guardian xabariga ko'ra, Jeff Bezos Amit Bxatiya boshchiligidagi konsorsiumga qo'shilish bo'yicha muzokaralar o'tkazgan. Ushbu guruh «Liverpul» aksiyalarining taxminan 30 foizini sotib olishni maqsad qilgan.
Guruh FSG'ga ulushni sotib olish uchun 1,35 milliard funt sterlinglik taklif bilan chiqqan va moliyalashtirishni ta'minlash uchun boshqa potensial investorlar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Bezos avvalroq NFL jamoalari — «Sietl Sixoks» va «Vashington Kommanders»ni sotib olish variantlarini ko'rib chiqqan, biroq bitimlar amalga oshmagan. Amazon asoschisi ilgari APL klublariga investitsiya kiritmagan, ammo muzokaralar jarayonidan xabardor manbalarning ta'kidlashicha, Bxatiya konsorsiumi bilan kelishuvga erishilsa, Bezos «Liverpul»dan ulush oladi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Bxatiyaning «Liverpul» ulushini sotib olish bo'yicha taklifi klubni taxminan 4,5 milliard funt sterlingga baholamoqda. Bu «Manchester Yunayted»ning ikki yil avval Ratkliff tomonidan 25 foiz aksiyasi sotib olingan vaqtdagi bahosidan yuqoriroqdir.
Yangi investorlarni izlash davom etayotgan bo'lsa-da, Bxatiyani uning qaynotasi, boyligi 23 milliard funt sterlingga baholanadigan hindistonlik po'lat magnati Mittal moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlayotgani aytilmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!