FCINTER1908 xabariga ko'ra, "Inter" infratuzilmani rivojlantirish sur'atini oshirmoqda: maqsad asosiy jamoa, yoshlar sektori va ayollar jamoasini barcha zarur sharoitlar bilan ta'minlay oladigan ilg'or ekotizim yaratishdan iborat.
Loyiha doirasida Appiano-Jentile'dagi Anjelo Moratti nomidagi sport markazi yangilanadi. Vazifa — Osiyo turnesidan qaytish vaqtiga qadar Kristian Kivu va asosiy jamoa uchun yangi binoni topshirishdir. Yangi bino to'liq futbolchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, u yerda zamonaviy tibbiyot va fizioterapiya zonasi, shuningdek, basseynlar, sauna va reabilitatsiya maydonlari bo'ladi.
Klubda yangi Innovatsion markaz (Innovation Hub) paydo bo'ladi. Unda texnik va murabbiylar shtabiga sportchilarning jismoniy holatini chuqurroq tahlil qilish imkonini beradigan ma'lumotlar va video materiallar to'planadi. Shuningdek, yangi Media House, konferensiya zali, "Inter U23" uchun alohida bino va yopiq tribunali beshinchi maydon qurilishi rejalashtirilgan.
Interrello ma'lumotiga ko'ra, bir necha kun avval birinchi ayollar jamoasi texnik va tibbiy shtab ehtiyojlariga to'liq javob beradigan yangi binoga ega bo'ldi. Bundan tashqari, yaqin oylarda o'yin maydonlari hududini to'ldiruvchi yangi yopiq tribuna quriladi.
Butun infratuzilma loyihasi 2028-yilga kelib to'liq yakunlanadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!