⚡️ Ibraima Ba'ning "Famalikau"dan transferi bo'yicha yangi tafsilotlar paydo bo'ldi. Mais Futebol xabariga ko'ra, bitim umumiy qiymati 24 million yevroni tashkil etishi mumkin.
Portugaliya klubi futbolchining 60 foiz huquqi uchun 12 million yevro talab qilmoqda. Qolgan 40 foiz huquq esa futbolchi kamida 45 daqiqa maydonda bo'lgan har 20 ta o'yindan so'ng, har 10 foiz uchun 3 million yevrodan avtomatik tarzda sotib olinadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!