Ibrahima Konate "Real Madrid"ga o'tish ehtimoli haqida gapirdi:
"Real Madrid"ga o'tishimmi? Bu tarixidagi eng buyuk klub. Men "Real Madrid"ga o'tishni orzu qilganman. Ammo bu libosni kiymagunimcha, "Real Madrid"ga o'tganimga ishona olmayman.
Yamal Ispaniya Fransiya terma jamoasini qo'rqitishi kerakligi haqidagi fikriga esa quyidagicha javob qaytardi:
Yamal xohlagan narsasini gapirishi mumkin. Biz bo'lajak yarim finalga (14.07, 22:00) eng yaxshi tarzda tayyorgarlik ko'ramiz va o'yin yakunida barchasi kimning foydasiga hal bo'lishini ko'ramiz. Ispaniyadan qo'rqishimiz kerakmi? Yo'q, yo'q, yo'q. Rostini aytsam, biz birovlarning gaplariga e'tibor bermayapmiz. Biz hech kimdan qo'rqmasligimiz kerak. Kamtar bo'lishimiz va ayniqsa turnirning hal qiluvchi bosqichida bu qopqonga tushib qolmasligimiz lozim.
ℹ️ Ma'lumot uchun, Konate JCH-2026da atigi 1 ta o'yinda (14 daqiqa) maydonga tushgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!