Gerard Romero xabariga ko'ra, Hansi Flik rahbariyatga yarim himoya chizig'ini kuchaytirish kerakligini ma'lum qildi. Bunga Frenki de Yongning qachon safga qaytishi va qanday sport formasida bo'lishi noma'lumligi sabab qilib ko'rsatilmoqda.
Agar Mark Kasado jamoani tark etsa, murabbiy ixtiyorida faqat Bernal, Gavi va Erik Garsiya qoladi.
Rodri variantlar ro'yxatida bor. Uning «Real»ga o'tishi juda yaqin, ammo hozircha hech narsa hal qilinmagan va «Barsa» vaziyatni o'rganib ko'rdi. Bu klub uni albatta sotib olmoqchi degani emas, shunchaki sharoit taqozo etsa, qiziqish mavjud.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!