Givayro Rid «Nottingem Forest»ga o'tishni istamoqda.
De Telegraaf xabariga ko'ra, «Feyenoord» himoyachisi ingliz klubi bilan 5 yillik shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Ushbu transfer amalga oshsa, futbolchi o'z maoshini to'rt baravarga oshirib olishi mumkin.
Biroq, «Nottingem Forest» hozircha «Feyenoord» bilan kelishuvga erishgani yo'q va futbolchi uchun 25 million yevrodan ortiq mablag' to'lash niyatida emas.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!