📺 DAZN | Fran "Monako" va "Bayer", shuningdek, APL va A Seriya klublaridan tushgan foydali takliflarni "Betis"ga o'tish uchun rad etdi. Andalusiya jamoasidagi manbalarning ta'kidlashicha, himoyachi aynan shu transfer amalga oshishi uchun ulkan sa'y-harakatlarni amalga oshirgan.
Franning "Betis"ga o'tishni istashiga sabab bo'lgan omillardan biri — uning "bodringlar" sport direktori Faxardo bilan yaqin munosabatlari bo'lib, ular "Rayo Valyekano"da birga ishlagan davrlaridan beri doimiy aloqada bo'lishgan.
Futbolchi har doim Faxardoning qo'llab-quvvatlovini his qilgan. Aynan u Franga "Betis"da asosiy rol o'ynashini ma'lum qilgan. 26 yoshli lateral moliyaviy tomondan ko'ra sport omilini ustun qo'ydi va shu bois "Betis" safiga qo'shilishga qaror qildi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!