↔️ Kechadan buyon manbalar klub Ferran Torresni qo'lga kiritish ustida ishlayotganini ta'kidlamoqda. Hozirgi vaziyat quyidagicha:
Fabrisio Romano: Klub futbolchining vakillari bilan muzokaralarni boshladi. Ferran o'tishga tayyor, «Barselona» ham bunga qarshi emas.
Jamel: Enrike Ferranning profilini yoqtiradi va unda Ramushga o'rinbosar ko'rmoqda, ammo ispaniyalik futbolchi bu pozitsiya uchun qisqa ro'yxatda birinchi o'rinda emas. Klubda Krupi ko'proq qadrlanadi, biroq «Bornmut»ning pozitsiyasi o'zgarmadi. O'yinchi atrofidagilar transferni istisno etmayapti, ammo JCh yakuniga qadar kutishga to'g'ri keladi.
Di Marsio (bu xabarni boshlab bergan jurnalist): Futbolchining «PSJ» bilan kelishuvi mavjud.
Marca: Tomonlar shaxsiy shartlar bo'yicha kelishib olishdi, endi «Barselona» bilan transfer summasini kelishib olish qoldi.
L'Equipe xabariga ko'ra, Ferran Barkolaga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda, buni esa Jamel darhol rad etdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!