Federiko Valverde "Manchester Siti" nishonida
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 25

Federiko Valverde "Manchester Siti" nishonida

Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra, Joze Mourinyuga Federiko Valverdening o'yin uslubi juda yoqadi. Shu bilan birga, "Real Madrid" yarim himoyachini sotishni rejalashtirmayotgan bo'lsa-da, klub uni "daxlsiz" futbolchilar sirasiga kiritmaydi.

Bir necha hafta oldin "Manchester Siti" 27 yoshli urugvaylik futbolchining "Real"dagi maqomi haqida surishtiruv o'tkazgan. Biroq hozircha "shaharliklar" tomonidan rasmiy taklif kelib tushmagan.

"Real Madrid" Valverdeni transferga qo'ymagan. Biroq manfaatli taklif tushsa va futbolchining o'zi jamoani o'zgartirishni istasa, klub uni sotish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor. Madridliklar sardor uchun muzokaralarni 100 million yevrodan boshlashga tayyor.

"Manchester Siti"ning Valverdega bo'lgan qiziqishi "Real" ingliz klubiga Eduardo Kamavinga xizmatlarini taklif qilganidan so'ng paydo bo'lgan.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!