Fabrisio Romano «Liverpul» Bredli Barkolya uchun asosiy da'vogar ekanligini va bu voqealar rivoji hali davom etishini ta'kidladi.
🛑 Fabrisio Romano o'z kanalidagi videoda shunday dedi:
«Men bugun, kecha, bir, ikki va uch oy oldin aytgan gapimni takrorlayman: Barkolya – «Liverpul»ning asosiy, asosiy, asosiy transfer maqsadi. «Liverpul»da Barkolya yuqori baholanadi. Bilaman, ko'pchilik mening ma'lumotlarimga shubha bilan qaradi, ehtimol, bu hamma joyda ham chiqavermagani uchundir. Ko'pchilik: «Bu imkonsiz, bu sodir bo'lmaydi», deb aytgandi. Moliyaviy nuqtai nazardan transfer amalga oshishi mumkinmi yoki yo'q, bilmayman. Ammo shuni aniq ayta olamanki, «Liverpul» Bredli Barkolya bilan hamon jiddiy qiziqmoqda».
🛑 U to'g'ridan-to'g'ri efirda qo'shimcha qildi:
«Barkolya daxlsiz emas. Ko'pchilik «Arsenal» haqida so'rayapti, lekin gap ular haqida emas – «Liverpul» Barkolya transferi ustida faol ishlamoqda va unga nisbatan jiddiy qiziqishni saqlab qolmoqda. Faqat kutish qoldi».
🛑 Romano ijtimoiy tarmoqdagi izohlarda muxlisga javob qaytarib, shunday dedi:
«Men sizlarga Slot ketishini aytganimda, hamma u qoladi deb ta'kidlagandi. Men Munyos bo'yicha kelishuv yakunlangani haqida xabar berganimda, hech qanday mish-mishlar yo'q edi. Endi esa sizlarga kutishni maslahat beraman, chunki Barkolya – «Liverpul»ning real transfer maqsadi, lekin transfer uchun pulni men to'lamayman va tomonlar o'rtasida muzokarani ham men olib bormayman. Shunga qaramay, «Liverpul» uni haqiqatan ham o'z safiga qo'shib olmoqchi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!