Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Barselona» Leon Goretskani tarkibga qo'shib olish ustida ishlamayapti. Kataloniyaliklar futbolchi bilan muzokaralar olib bormayapti.
Goretska ko'plab takliflar olmoqda, unga MLS klublaridan ham murojaatlar bo'lgan, ammo hozirgi vaqtda futbolchi Yevropada qolishni afzal ko'rmoqda. Unga Italiya klublaridan ham qo'ng'iroqlar bo'lmoqda, biroq Goretska bir nechta variantlarni ko'rib chiqmoqda.
«Barsa» hozirda o'z ishlari bilan band. Ularga hujumchi pozitsiyasi bo'yicha vaziyatni aniqlashtirib olish kerak. Yaqin vaqt ichida bu borada batafsil ma'lumot beraman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!