Fabrisio Romano: Barkolaning «Liverpul»ga o'tishi cho'zilishi mumkin
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Transfer 👁 4

Fabrisio Romano: Barkolaning «Liverpul»ga o'tishi cho'zilishi mumkin

Fabrisio Romano Barkola bo'yicha kelishuv ertagayoq yakunlanishini kutmaslik kerakligini ta'kidladi:

Kelasi hafta «Liverpul» va «PSJ» o'rtasida Barkola masalasida yangi muzokaralar rejalashtirilgan.
Mening fikrimcha, kelishuv tez amalga oshmaydi, shuning uchun dushanba yoki seshanba kunlari «Here We Go»ni kutmayapman. Klublar o'rtasida hali qilinishi kerak bo'lgan ishlar bor, shu bois bu yozgi transfer oynasining uzoq davom etadigan saagasiga aylanishi ehtimoli mavjud.
Ammo bu «Liverpul»ga va ular qancha mablag' sarflashga tayyorligiga bog'liq. «PSJ» muzokaralarga ochiq, ammo ularning sharti — yuqori narx. Shunday ekan, Barkola bo'yicha muzokaralar davom etadi, ammo shuni unutmangki, futbolchining o'zi bu transferni xohlamoqda, «Liverpul» esa Barkolani o'zining asosiy maqsadi deb biladi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!