Evangelos Marinakis - Oliver biz istagan murabbiy
NFFC ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 33

Evangelos Marinakis - Oliver biz istagan murabbiy

Evangelos Marinakis: Jamoaga yangi bosh murabbiy kelganidan keyin o'z fikirlari bilan o'rtoqlashdi.




🎙 Oliver biz istagan murabbiy:

Oliver bilan bo'lgan suhbatlarimiz davomida biz bir xil qarashlarga, bir xil ambitsiyalarga va muvaffaqiyatga erishish uchun tinimsiz intilishga ega ekanligimiz ma'lum bo'ldi. U butun faoliyati davomida ajoyib jamoalarni shakllantirish va shiddatli raqobat sharoitida muvaffaqiyatga erishish qobiliyatini doimiy ravishda namoyish etib kelgan.

🎙 Biz kuchimizni hammaga ko'rsatishimiz kerak

Bizning maqsadimiz har doim "Nottingem Forest" ni Angliya va Yevropaning yetakchi klublari qatoriga qaytarish bo'lgan. Bizning maqsadimiz shunchaki raqobatlashish emas, balki g'alaba qozonish, yirik sovrinlar uchun kurashish va muxlislarimiz kelgusi yillarda faxrlanadigan futbol klubini yaratishdir. Oliver g'olib. U o'zining yetakchiligi, shaxsiyati va jamoalarining o'yin uslubi orqali muvaffaqiyatga erishdi. Biz uning bizni bu yangi bosqichga olib boradigan to'g'ri inson ekanligiga ishonamiz va men Oliverni klubga xush kelibdi deb bilaman.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!