📲 Enso Fernandes:
Vaqt o'tishi bilan natijadan ko'ra muhimroq narsalar borligini tushunib yetasan.
Ko'p yillar davomida bu jamoa mamlakatimizni munosib himoya qilib kelmoqda. U kurash faqat g'alabalardan iborat emasligini, balki ushbu libos uchun borini berish va hech qachon taslim bo'lmaslik kerakligini ko'rsatmoqda.
Men uchun har doim chaqiriqlarni qabul qilgan, oxirigacha kurashgan hamda terma jamoa ranglarini g'urur, kamtarlik va sadoqat bilan himoya qilgan jamoa tarkibida bo'lish katta sharaf.
Barcha argentinalik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Doimo yonimizda bo'lganingiz, har bir o'yinda bizni qo'llab-quvvatlaganingiz, sevgingiz, so'zsiz ishonchingiz va qayerda o'ynamaylik, o'zimizni uydagidek his qilishimizga imkon yaratganingiz uchun rahmat.
Mamlakatim libosini kiyish faoliyatimdagi eng katta sharaf. Va har safar uni himoya qilish imkoniyati tug'ilganda, men bor kuchimni beraman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!