Sky jurnalisti Mark Kleyman xabariga ko'ra, Facebook asoschilaridan biri Eduardo Saverin "Liverpul" klubining yirik ozchilik ulushini sotib olish uchun Bxatiya boshchiligidagi konsorsium tarkibiga kirishi mumkin.
U bilan bir necha hafta oldin bog'lanilgan, biroq hozirgi vaqtda, xuddi Bezos misolidagi kabi, uning bitimdagi ishtiroki kafolatlanmagan.
Saverin 2022 yilda "Chelsi"ni sotib olishga da'vogar bo'lgan investorlar guruhiga kirgan edi, ammo ularning taklifi tasdiqlanmagan.
Ayni paytda Saverin sun'iy intellekt, sog'liqni saqlash va moliya sohasidagi o'nlab startaplarga sarmoya kiritadigan Amerika venchur kompaniyasi B Capital Group'ni boshqaradi. Saverinning boyligi 24,3 milliard funt (32,4 milliard dollar)ga baholanmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!