Eduardo Kamavinganing kelajagi borasida yangi ma'lumotlar
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 21

Eduardo Kamavinganing kelajagi borasida yangi ma'lumotlar

📝 Fabrisio Romano xabariga ko'ra:

APLning bir nechta klublari Kamavingaga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shunga qaramay, 23 yoshli yarim himoyachi hozircha Madridda qolishni istamoqda.

Ko'ramiz, agar klub rahbariyati Kamavingaga ketishi kerakligini aytsa, nimalar sodir bo'ladi. Bundan tashqari, fransiyalik futbolchining kelajagi Mourinyuning rejalariga ham bog'liq bo'ladi.

📰 Marca ma'lumotiga ko'ra:

Madridning mavsumoldi tayyorgarligi Kamavinganing kelajagini belgilashda juda muhim rol o'ynaydi. O'yinchining Madridda faoliyatini davom ettirish istagiga qaramay, u klubni tark etishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, OAV xabarlariga ko'ra, Madrid Kamavingani sotish orqali kamida 80 million yevro ishlab olmoqchi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!