«Liverpul» klubi Dominik Soboslaining shartnoma uzaytirilganidan keyingi maxsus intervyusini taqdim etdi. Quyida futbolchining fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.
🛑 Shartnomani uzaytirish qarorini qabul qilish oson bo'ldimi va nima uchun aynan «Liverpul»ni tanlash to'g'ri deb hisoblaysiz?
O'ylaymanki, qaror qabul qilish har doim oson, ayniqsa gap «Liverpul» haqida ketganda. Men shartnoma imzolaganimda hammasi juda tez sodir bo'lgandi, darhol «ha» deb javob bergandim. Men uchun har doim faqat «Liverpul» bo'lgan. Aytganimdek, men haqiqatan ham juda baxtliman. Bundan tashqari, bu klub katta oila ekanligini bilaman va men uning bir qismi bo'lishni istayman.
🛑 «Liverpul»da uch yildan beri to'p suryapsiz. 2023-yilda klub eshigidan ilk bor kirib kelgan inson bilan solishtirganda qanchalik o'zgardingiz?
Uch yil juda tez o'tib ketganiga hayronman. O'ylaymanki, men butunlay boshqa inson, butunlay boshqa futbolchiga aylandim. Har yili o'sishda davom etdim deb o'ylayman. Futboldan tashqari, ota va turmush o'rtoq bo'ldim. So'nggi uch yil ichida ko'plab o'zgarishlarni boshdan kechirdim, ammo hayotim yaxshi ketmoqda. Oila, o'zim, klub va o'yinimdan juda mamnunman.
🛑 Maydon tashqarisidagi ishlar qanday?
Hozir menda avvalgidek bo'sh vaqt unchalik ko'p emas! Ammo bu odatiy hol va menga qizim, rafiqam bilan birga bo'lish, ular bilan vaqt o'tkazish juda yoqadi. Ular har doim o'yinga tayyor bo'lishimga yordam berishadi va o'ylaymanki, bu eng muhimi.
🛑 «Liverpul»da qolish qarorini qabul qilishda ular muhim rol o'ynadimi?
Albatta. Bu yerga kelganimizdan va qizim tug'ilganidan beri biz o'z hayotimiz bilan yashayapmiz. O'zgarishlar, yangi uy izlash, boshqa mamlakatga ko'chib o'tish, farzand... albatta, shartnomaning uzaytirilishi bularning barchasini osonlashtirdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!