Diomande transferi bo'yicha so'nggi ma'lumotlar
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 6

Diomande transferi bo'yicha so'nggi ma'lumotlar

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Real Madrid» Diomande transferi borasida xotirjam. Madridliklar 19 yoshli vinger transferini «Leyptsig» bilan to'liq kelishib olishgan.

Klublarga yaqin manbalarning fikricha, rasmiy e'lonning kechikishi «Leyptsig»ning futbolchiga o'rinbosar topish istagi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Futbolchining o'zi «Real Madrid»ga o'tishga og'zaki rozilik bergan. Xavotirga o'rin yo'q, Diomande baribir «qirollik klubi» safiga qo'shiladi. Mourinyu va uning yordamchilari allaqachon Diomandeni hujumning o'ng, ba'zan esa chap qanotida ishlatish bo'yicha taktik rejalarni ishlab chiqishni boshlashgan.

«PSJ» esa bir necha kun avval futbolchi uchun kurashdan butunlay chiqib ketgan. Parijliklar «Real Madrid» «Leyptsig» bilan kelishuvga erishganini bilishadi, shu sababli «PSJ» hujumchini sotib olish bo'yicha barcha muzokaralarni to'xtatgan. Fransiya klubi futbolchining atrofidagilardan juda g'azablangan.

📻 Cadena SER ma'lumotiga ko'ra, «Real Madrid»ga Diomande transferi bo'yicha «Leyptsig» bilan faqat ba'zi mayda detallarni hal qilish qoldi. Kelishuv barbod bo'lish xavfi ostida emas.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!