Denzel Dumfries: "Real Madrid"ga o'tganimdan juda faxrlanaman. "Madrid" safida to'p surish men uchun sharaf. Valdebebasdagi klub bazasi sharoitlari shunchaki hayratlanarli! Mashg'ulot bazasi shu qadar kattaki, unda adashib qolish hech gap emas. Shu bois jamoadoshlarim qayerda nima borligini tushunib olishimda yordam berishmoqda.
"Madrid"da barchasi meni juda iliq kutib olishdi. Garchi ayrim futbolchilar hali ta'tilda bo'lishsa-da, qolgan o'yinchilar, murabbiylar shtabi va xodimlar meni yaxshi qarshi olishdi. Mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida doim yangi yuzlar paydo bo'ladi, shuning uchun bir-birimizni yaqindan bilib olish muhim. Yangi jamoada o'zimni kerakli insondek his qilyapman.
Biz "Madrid" muxlislarini o'z o'yinimiz bilan faxrlantiramiz!
Ispan tilini o'rganish men uchun qiziqarli bo'ladi. Men allaqachon bu ishga kirishib bo'ldim".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!