🔹 Santos nima uchun sotildi? Chunki futbolchining o'zi ketishni xohladi – u yevrokuboklarsiz yangi mavsumda yetarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga ishonmadi. «Chelsi» esa BlueCo davrida «APLdagi raqobatchilarga futbolchi sotmaymiz» siyosatidan voz kechdi – yaxshi narx taklif qilinsa, muammosiz sotishmoqda.
🔹 Chavarriya bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Lakrua markaziy himoya pozitsiyasi uchun asosiy nomzod bo'lib qolmoqda, Xakobo Ramon ham qisqa ro'yxatda.
🔹 Rojers klubning transfer maqsadlari ro'yxatida. Ammo «Chelsi»da uning narxi juda qimmatligini va Morgan uchun kurashda raqobatchilar ko'pligini tushunishib turibdi. Londonliklar hujum chizig'ini kuchaytirish uchun turli pozitsiyalarda o'ynay oladigan moslashuvchan va tajribali hujumchini izlashmoqda.
🔹 Fransuz manbalarining ta'kidlashicha, Barko «Chelsi»ga o'tadi, biroq The Athletic bu borada shunchaki hamkasblariga tayanmoqda va ma'lumotni na tasdiqlaydi, na inkor etadi. Garchi Valentin mavsum yakunida «Strasbur» bilan xayrlashgan bo'lsa ham. G'alati holat.
🔹 Jekson, Delap yoki Emega – bu uchlikdan biri aniq sotiladi. Hozircha «Chelsi» kimni qo'yib yuborishni hal qilgani yo'q. Giyu uchun ham ijara, ham to'liq transfer variantlari mavjud, uni endi ushlab qolishmaydi.
🔹 Klub Badyashil va Disasining vakillari bilan ishlamoqda – ikkisiga ham yangi klub qidirilmoqda. Yorgensen, Slonina va Datro Fofanani ham sotishga urinib ko'rishadi.
🔹 Mamadu Sarr uchun Angliya klublaridan biriga ijara varianti qidirilmoqda. Shuningdek, Paes, Vashington, Uayli va Meukuni ham ijaraga berishmoqchi.
🔹 Entso va Gyusto bo'yicha yangiliklar yo'q.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!