Transfer DealSheet ma'lumotiga ko'ra, bu hafta Chelsi uchun transfer bozorida ancha sermazmun o'tmoqda.
🔹 Stounz markaziy himoyachilar ro'yxatiga kiritildi va bu Lakruaga bo'lgan qiziqishni inkor etmaydi: agar boshqa himoyachilar sotilsa, Chelsi ikkala futbolchini ham tarkibga qo'shib olishi mumkin. Disasi va Chaloba sotuvga qo'yilgan, Komo hali ham Chaloba bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, Sarr esa ijaraga ketadi, shuning uchun ikki yangi himoyachi uchun joy topiladi.
🔹 Lakrua borasida Saymon Jonson shunday yozadi: Chelsi Maksansni boshqa insayderlar aytgan 55 million funtdan pastroq baholamoqda. Kristal Pelasga rasmiy so'rov yuborilgan, ammo Chelsi vakillari Lakrua faqat variantlardan biri ekanligini, masalan, Komodan Xakobo Ramon ham kuzatuvda ekanligini ta'kidlashmoqda.
🔹 Chavarria bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Hozircha yangi ma'lumot yo'q.
🔹 Kerim Alaybegovichga bo'lgan qiziqish tasdiqlandi — u hujum chizig'i uchun nomzodlar ro'yxatida. Ammo bu yerda yangi futbolchilarning kelishi sotuvlarga bog'liq.
🔹 Hujumchilarga kelsak: Jekson uchun 65 million funt so'ralmoqda, agar kimdir shunday taklif bilan chiqsa va Niko ketishni istasa, Chelsi savdolashmaydi va senegallik futbolchini qo'yib yuboradi. Delap va Emega bilan ham xuddi shunday vaziyat: ularning ko'p o'ynashi dargumon. Liamga APLning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. Giyu aniq ketadi, ammo ijaragami yoki doimiy transfermi, hozircha noaniq. Agar kimdir uni sotib olmoqchi bo'lsa, Chelsi 25 million funt narx belgilagan.
🔹 Garnacho uchun Chelsi hamon 50 million yevro talab qilmoqda. Aston Villa va yana bir APL klubi vaziyatni kuzatmoqda. Shuningdek, A Seriyaning ikkita klubi ham qiziqish bildirmoqda — The Athletic ularning nomini keltirmaydi, ammo ulardan biri Roma ekanligi ma'lum. Netu daxlsizlar ro'yxatiga kiritilmagan, ammo Chelsi uni sotishga shoshilmayapti. Agar sotiladigan bo'lsa, narxi Garnachodan ancha qimmat bo'ladi.
🔹 Gyusto va Entsoni xohlagan klub sotib olishi mumkin. Narxlari mos ravishda 75 va 120 million funt. Hozircha xaridorlar yo'q, ammo Chelsi ikkisini ham tarkibda saqlab qolishga qarshi emas.
🔹 Slonina Strasburda, ammo hozircha sinov muddatida. Ijara yoki sotuv istisno qilinmaydi, lekin kafolatlanmagan ham. Yorgensen, Datro Fofana kabi yangi klub izlamoqda. Paes, Kelliman, Vashington, Uayli va Meuka ijaraga yuboriladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!