Barselona Mark Kasado uchun belgilangan narxni ma'lum qildi
БАРСЕЛОНА ↗ ●●●●○ Transfer 👁 21

Barselona Mark Kasado uchun belgilangan narxni ma'lum qildi

SPORT xabariga ko'ra, Barselona klubining Mark Kasado borasidagi rejasi o'zgarishsiz qolmoqda. Klub futbolchini sotishga tayyor, ammo buni arzon narxda amalga oshirmoqchi emas.

Barselona yarim himoyachini 20 million yevrodan kamiga qo'yib yubormaydi. Agar taklif Saudiya Arabistonidan tushadigan bo'lsa, kataloniyaliklar 25 million yevrodan kam bo'lmagan summani talab qilmoqda.

Jorje Mendesh klubning ushbu pozitsiyasidan allaqachon xabardor.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!