SoccerNews xabariga ko'ra, Ayaks hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Romelu Lukakuni asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rib chiqmoqda.
Jordi Kroyff ushbu transfer oynasida Kayo Enrike va Deyli Blindni tarkibga qo'shib olib, o'z ambitsiyalarini namoyish etdi, shuningdek, Mark-Andre ter Shtegen transferini ham yakunlash arafasida.
Endilikda klub top-hujumchi izlamoqda va Lukaku ushbu ro'yxatdan o'rin olgan. Biroq, ushbu transferni amalga oshirish murakkab bo'lishi mumkin: 33 yoshli belgiyalik futbolchi Napoli bilan shartnoma asosida bog'langan va yiliga 7 million yevrodan ortiq maosh oladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!