Arsenal Vinisius Junior transferi ustida ishlamoqchi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 5

Arsenal Vinisius Junior transferi ustida ishlamoqchi

📝 ESPN Brasil xabariga ko'ra, "Arsenal" yozgi transfer oynasida Vinisius Juniorni o'z safiga qo'shib olishga ishonmoqda.

"Kanonirlar" "Real Madrid" hozirgi vaqtda vinger bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormayotganidan xabardor. Agar braziliyalik futbolchi yangi shartnomaga rozi bo'lmasa, madridliklar uni erkin agent sifatida yo'qotgandan ko'ra, yozdayoq sotib yuborishni afzal ko'rishadi.

Shu sababli, "Arsenal" rahbariyati Vinisiusni xarid qila olishiga ishonch bildirmoqda. Ayni damda londonliklar rasmiy muzokaralarni boshlashdan oldin "Real Madrid" va futbolchining yakuniy qarorini kutishmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!