⚡️🚨 «Arsenal» Bruno Gimaraesh uchun yangi rasmiy taklif tayyorlamoqda. Londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta braziliyalik futbolchini yarim himoyani kuchaytirish uchun ustuvor maqsad deb hisoblamoqda.
55 million funt sterlinglik birinchi taklif rad etilgandi. Keyinroq «Nyukasl» umumiy qiymati qariyb 65 million funt sterlingni tashkil etgan ikkinchi taklifni ham qabul qilmadi.
Manbalarga ko‘ra, 65-90 million funt sterling oralig‘idagi taklif klublar o‘rtasidagi muzokaralarni tezlashtirishi mumkin.
Xabar qilinishicha, o‘tgan hafta Gimaraesh «Nyukasl» rahbariyatiga «Arsenal»ga o‘tish istagi borligini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, yarim himoyachi klubga bosim o‘tkazmoqchi emas va yakuniy qarorni «qarg‘alar» rahbariyati ixtiyoriga qoldirmoqda.
🎖 Fabrizio Romano
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!