⚽️ «Dinamo» darvozaboni Andrey Lunyov mashg'ulot vaqtida boldir mushagini jarohatlab oldi. 34 yoshli posbon o'tgan mavsumda ham aynan shu jarohatdan aziyat chekkan edi. Noqulay vaziyat Kaliningraddagi o'yindan ikki kun oldin yuz berdi va futbolchi jamoa bilan safarga bormadi.
«Karp» xabariga ko'ra, darvozabon jarohatdan qattiq tushkunlikka tushgan. Dastlabki prognozlarga ko'ra, Lunyov 3-4 hafta davomida maydonga tusha olmaydi. U RPL doirasidagi «Baltika», «Maxachqala» va «Zenit»ga qarshi, shuningdek, Rossiya Kubogi doirasidagi «Fakel» va «Krasnodar» bilan bahslarni o'tkazib yuboradi.
Endi asosiy savol shuki, Shvars Lunyov o'rniga kimni maydonga tushiradi — Leshukmi yoki Rasulovni?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!