🚨 Marca xabariga ko'ra, Aleksandr Syorlotning kelajagi borasida "Atletiko Madrid"da barcha, shu jumladan futbolchining o'zi ham bir to'xtamga kelgan: agar barcha tomonlarni qoniqtiradigan juda jozibali taklif tushmasa, u "Metropolitano"da qoladi.
Uning gollarini hozirgi qiymatida almashtirish juda qiyin vazifa deb hisoblanmoqda.
Kelgusi mavsumda norvegiyalik hujumchining "Atletiko" uchun ahamiyati har qachongidan ham yuqori bo'ladi. Ayniqsa, transfer bozoridagi hozirgi vaziyatda uning darajasidagi va shunga mos narxdagi hujumchilarni topish juda mushkul.
Diyego Simeone uning qaytishini intiqlik bilan kutmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!